Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

Toshkentda BYD beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahar Yunusobod tumanida beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 3 aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani TXAY ko‘chasida BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilishi oqibatida transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.

Bildirilishicha, yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. To‘qnashuv oqibatida haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Damas yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida kuyib tan jarohati olgan va vafot etganlar kuzatilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Yunusobod BYD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing