Toshkentda 2 kishi Isuzu’ga qo‘shilib yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Yangihayot tumanida Kamaz va Isuzu to‘qnashdi. Oqibatda Isuzu yonib ketdi va mashina ichidagi 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 aprel kuni erta tong soat 5:34 da Yangihayot tumani hududida Isuzu mashinasi YTHga uchragani va yong‘in chiqqani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga asosan, soat 5:37 da yong‘in qutqaruv ekipajlari manzilga yetib borgan va yong‘in 5:40 da o‘chirilgan.

Guvohlar o‘sha paytda yonayotgan mashinaga hech kim yaqinlasha olmaganini bildirgan. Yong‘in oqibatida mashina ichida qolib ketgan ikki kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida Damas haydovchisi mashinalar oraliq masofasini saqlolmay, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib, ikkiga bo‘linib ketgan edi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan, 1 kishi shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Yong'in Isuzu Kamaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing