Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

Andijonda ZIL yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyati Asaka tumanida ZIL yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 8 aprel kuni soat 13:10 larda Asaka tumani Yangisor mahallasi hududida ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanib kelayotgan ZIL MMZ rusumli yuk transport vositasining tormoz tizimida texnik nosozlik kelib chiqishi oqibatida yo‘l bo‘yidagi yashash xonadoniga borib urilgan.

Bildirilishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuk transport vositasining haydovchisi olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Boshqa fuqarolarga zarar yetmagan. Mazkur holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 28 yoshli Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Kia bilan to‘qnashgandi. Kia haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Andijon Asaka ZIL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing