Xitoyda g‘ayrioddiy 6-avlod yangi qiruvchi samolyoti paydo bo‘ldi (video)
Olam
−
07 aprel
14223Xitoyda odamlar yangi J-36 rusumli oltinchi avlod qiruvchi samolyotining qo‘nishini videoga olishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu lavha “Voyenniy obozrevatel” Telegram-kanalida e’lon qilindi.
Harakatlanayotgan avtomobildan olingan videolavhada samolyot yerga qo‘nish uchun pastlab, gavjum yo‘l ustidan uchib o‘tayotgani aks etgan.
“J-36 navbatdagi sinovlardan so‘ng qo‘nishga yaqinlashmoqda”, deyiladi xabarda.
Videotasvir yordamida samolyot hajmini taxmin qilish mumkin – u to‘rtinchi va beshinchi avlod qiruvchilaridan ancha katta ko‘rinadi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 26 dekabr kuni Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida noodatiy, futuristik ko‘rinishga ega samolyotlar aks etgan videolar paydo bo‘lgandi. Ulardan biri xira tasvirlangan bo‘lsa-da, ikkinchisining hatto shassi eshiklari qirralari kabi mayda tafsilotlarini ham ilg‘ash mumkin edi. Xitoy Mudofaa vazirligi va Harbiy-havo kuchlari bu borada hech qanday izoh bermagan, biroq G‘arb tahlilchilar ushbu samolyotlarni oltinchi avlod jangovar samolyotlari deb baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSHning Boeing kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan dunyodagi birinchi 6-avlod qiruvchi samolyoti F-47’ni e’lon qilgan edi. Tramp qiruvchi nima uchun aynan F-47 deb nomlangani haqida izoh bermagan. U bu “chiroyli son” ekanini aytib, nomni generallar tanlaganini qo‘shimcha qilgan. Ayrim ommaviy axborot vositalari esa Trampning hozirda AQSHning 47-Prezidenti ekaniga ishora qilgan.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel
Trenddagilar



