Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Ukraina vakillari AQSHda resurslar bo‘yicha kelishuvni muhokama qiladi

Olam

image

Ukraina vakillari yaqin kunlarda AQSHga tashrif buyurib, mamlakat rahbariyati bilan foydali qazilmalar bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni muhokama qiladi. Bu haqda Ukraina Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va Iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko kecha, 6 aprel kuni Amerikaning “Associated Press” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik delegatlar shu hafta – 7-13 aprel kunlari oralig‘ida AQSHga tashrif buyuradi. Delegatsiya tarkibiga Iqtisodiyot, Tashqi ishlar, Adliya va Moliya vazirliklari vakillari kiradi.

“AQSHdan kelgan yangi kelishuv loyihasi fond tuzish yoki birgalikda sarmoya kiritish niyati saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda”, degan Bosh vazir o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap texnik muzokaralar haqida ketmoqda, Ukrainaning hozirgi vazifasi – muzokaralar uchun texnik guruhni yig‘ish, uning qizil chiziqlari va asosiy tamoyillarini aniqlash.

“Bitimning barcha parametrlari onlayn rejimda muhokama qilinishi mumkin emasligi tushunarli. Jamoalar bilan o‘tirib, suhbatni shaxsan davom ettirishimiz kerak”, degan Yuliya Sviridenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev muzokaralar uchun yuridik, sarmoyaviy va moliyaviy maslahatchilarni tanlagan.

“Bu AQSH bilan munosabatlarda yangi bosqichni – ko‘plab sohalarda ekspertiza talab qiladigan bosqichni anglatadi. Oxir-oqibat hammasi muzokaralar davomida hal bo‘ladi”, degan u.

Ukraina va AQSH o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha muzokaralar

Kiyev va Vashington bir necha oydan beri foydali qazilmalar kelishuvi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 15 fevral kuni Myunxenda Vladimir Zelenskiy AQSH bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi va unda “xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha aniq narsalar” yo‘qligini tushuntirdi. O‘shandan beri tomonlar kelishuvning yangi variantini muhokama qilmoqda.

30 mart kuni Donald Tramp Zelenskiyni foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvdan chiqish niyatida aybladi.

“U nodir metallar bo‘yicha kelishuvdan chiqishga harakat qilmoqda va agar u buni amalga oshirsa, unda muammolar paydo bo‘ladi, katta, katta muammolar”, degan edi AQSH rahbari.

1 aprel kuni Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiganing ma’lum qilishicha, Kiyev Vashington bilan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv ikki davlat manfaatlariga birdek javob berishi ustida ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina foydali qazilmalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing