Viloyatni aylangan Saida Mirziyoyeva, Toshkentga kelayotgan Medvedev, o‘sishda davom etgan dollar kursi va kunning boshqa muhim voqelari

Jamiyat

image

Jamiyat

Картинки по запросу президент мактаби

Prezident maktablariga qabul 1 iyundan boshlanadi

Joriy yilning 1-22 iyun kunlari Toshkent, Namangan, Nukus va Xivadagi Prezident maktablarida hujjatlarni qabul jarayoni bo‘lib o‘tadi.

Prezident maktablarida o‘qishga talabgor bo‘luvchilarga qanday talablar qo‘yilishi, qayerga qanday hujjatlar topshirish kerakligini quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Endi mobil telefon raqamlari onlayn auksionda sotiladi

Картинки по запросу сим карта мегафон фуруши

“O‘zRTXB” AJ va “COSCOM” MCHJ o‘rtasida “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning axborot tizimida pullik abonent raqamlarini sotish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqini beruvchi elektron auksionni tashkillashtirish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Dollar va yevro kursi sezilarli ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar 24 so‘m 99 tiyinga qimmatlab 8485 so‘m 91 tiyinga, yevro 66 so‘m 92 tiyinga qimmatlab 9505 so‘m 92 tiyinga yetdi.

Saida Mirziyoyeva loyihalar bilan tanishish uchun Toshkent viloyatiga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Toshkent viloyatiga bordi.

Saida Mirziyoyeva Facebook’dagi sahifasida xabar berishicha, agentlik jamoasi loyihalar va ijtimoiy ob’ektlar qurilishi bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyatida bo‘lgan.

Olam

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga kelayotgan RF Bosh vaziri Dmitriy Medvedevni qabul qiladimi?

Joriy yilning 30 may kuni Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Toshkentda o‘tadigan O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Avtobus halokatida 60 kishi jarohat oldi

Filippin shimolida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Halokat sabab voqea joyida ikki kishi halok bo‘ldi, 57 nafar yo‘lovchi turli darajaa tan jarohatlari oldi.

Bosh vazir maslahatchisi otib ketildi

Afg‘oniston Bosh vaziri maslahatchisi Nur Muhammad Arab mamlakat shimolidagi Qunduz viloyatida noma’lum shaxs tomonidan otib ketilgan.

Shuningdek, otishmada maslahatchining xos soqchisi ham jiddiy jarohat olgan, hozirda u yaqin hududdagi shifoxonaga yotqizilgan.

Sport

Habib Nurmuhamedov Prezidentning kuyovi bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov aralash jang sanati ustasi Habib Nurmuhamedov bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.

Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Habib Nurmuhamedov bilan uchrashuv taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Isroil Madrimovning jang sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi aniq bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, bokschi joriy yilning 8 iyun kuni Nyu-Yorkda, mashhur “Madison Square Garden” arenasida ringga ko‘tariladi. Hozircha o‘sha kungi jangda o‘zbek sportchisiga kim raqiblik qilishi noma’lum.

“Bolalarda ayb yo‘q”. Qosimov yana iste’fo bermoqchi

O‘zbekiston Superligasining 10-tur o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.

Turning markaziy bahslaridan biri deya e’tirof etilgan – Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Paxtakor” Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qilib, raqiblarini yirik hisobda tor-mor keltirdi.

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan OAV ishtirokidagi matbuot anjumanida so‘zga chiqqan AGMK bosh murabbiyi qoniqarsiz natijalar ko‘rsatayotgani tufayli rahbariyatdan iste’fo so‘rashini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing