Toshkentda ichida yosh qizcha bo‘lgan lift qulagani aytildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning “Yangi Darxon” mahallasidagi liftlardan birida elektr toki uzilgani,  lift ichida yosh qizaloq qolib ketgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Holat yuzasidan Yangihayot tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha tuman hokimi, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, sanoat xavfsizligi va barcha mas’ullar o‘rganish ishlarini olib borishgan.

Sanoat xavfsizligi xodimlari tomonidan vaziyatga aniqlik kiritilganda, lift elektr ta’minotidan uzilgan vaqtda generator ishga tushgani va qiz pastki qavatga xavfsiz tushgani ma’lum bo‘lgan.

“Mas’ullar qiz va uning oilasi bilan suhbatlashishdi. Qizning ahvoli yaxshi va kayfiyati ijobiy”, deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida 32 yoshli ayol yangi qurilgan uylarning liftidan jonsiz holatda topilgani juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Bu voqea hatto xorijiy nashrlarda ham muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, mazkur masala yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Joriy yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 43-yalpi majlisida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylardagi liftlar bilan yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rtaga tashladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent lift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made