Toshkentda Tesla va Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 5 may kuni soat 07:50 larda Toshkent shahrining Chilonzor tumani Furqat ko‘chasi Magic city parki qarshisida 2 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

1989 yilda tug‘ilgan haydovchi O.T.  boshqaruvida bo‘lgan Tesla rusumli avtomashinasi va 1996 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Tracker va Cobalt avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Lacetti Tesla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made