“Qo‘li kaltalatilgan” hokimlar, Allamjonovning bayonoti, oshayotgan narxlar va boshqa xabarlar

Jamiyat

Yakuniga yetayotgan 14 avgust kunining eng muhim voqealari bilan tanishing.

Prezident mulkchilikka oid muhim hujjatni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmonda  qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirilishi belgilandi.

Xususan, hokimlarga yer-mulka oid qator taqiqlovlar qo‘yildi va vakolatlari bekor qilindi.

Prezident ma’muriyati vakili: “Biz Shimoliy Koreyadan bir necha qadam oldindamiz”

“Janubiy Koreya qurolli kuchlari KXDR sinovidan o‘tgan qisqa masofali raketalarga bardosh beradi. “Patriot” tizimlari yordamida bizning qurolli kuchlarimiz Shimoliy Koreyaning qisqa masofaga uchadigan raketalariga to‘liq qarshilik ko‘rsatishi mumkin", deydi Janubiy Koreya Prezidenti ma’muriyati vakili.

Feldsher va haydovchi erkakni kaltakladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l chetida tez tibbiy yordam mashinasi shifokorlari bilan sodir bo‘lgan mushtlashuv aks etgan videoyozuv tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borib, ma’lumot berdi.

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Harbiy prokuraturaga topshirildi

Shu yilning 7-8 avgust kunlari Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan  voqealardan bir kun oldin Qirg‘iziston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan Kursan Asanov o‘z qo‘l ostidagilarni xavf ostida va buyruqsiz qoldirib, dalillarni yashirgan.

52 o‘zbekistonlikning “qotili”ga hukm o‘qildi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida O‘zbekistoning 52 fuqarosi yonib ketgan avtobus egasi Orduxan Mextiyevga sud hukmi o‘qildi. Mextiyev uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Prezidentning qizi 614 millionlik biznes egasiligi ma’lum bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizi Mariya Voronsova OAV 614 million AQSH dollarlik investitsion loyihaga ega badavlat xonim sifatida ko‘rilmoqda. 

BBC`ning yozishicha, Prezidentning qizi mamlakat sog‘liqni saqlash sohasida yirik xususiy investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi kompaniya egalaridan biri bo‘lib chiqqan. Loyihaning bahosi 40 milliard rubl ($614 million)ga baholanmoqda.

Qashqadaryolik “uddaburon”lar qo‘lga tushdi

“O‘zenergoinspeksiya”ning Qashqadaryo hududiy bo‘limi va Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar mobaynida Qarshi tumanidagi iste’molchi “Islom Muxtor Hamkor” MCHJ tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda “iinovatsion” o‘g‘irlik ustida qo‘lga tushdi. 

Jizzaxdagi YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi

Kecha, 13 avgust kuni Jizzax viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi. YTH soat taxminan soat 4:00 da Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi “Xonimqo‘rg‘on” QFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” yo‘lida yuz bergan. Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Yangiariq” MFYda yashagan 28 yoshli A.A. o‘zining Lacetti rusumli avtomobilida shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan 53 yoshli I.A. boshqaruvidagi KamAZ-5410 rusumli yuk avtomashinaning orqa qismiga urilgan.

Vahshiy qotillik! Er rafiqasiga 30 marta pichoq urdi

Poytaxt Toshkent shahrida mudhish jinoyat sodir etildi. Er turmush o‘rtog‘ini vahshiylarcha o‘ldirdi, qaynonasini og‘ir yaraladi. Voqea kecha, 13 avgust kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi “Risoviy” bozori atrofidagi mahallada yuz bergan. Er 24 yoshli rafiqasiga 30 marta pichoq urgan. Ularni ajratishga harakat qilgan qaynonasiga ham 7 marta pichoq bilan zarba bergan.

Bu so‘z erkinligiga bosim o‘tkazishning gibrid shakli – Blogerlar Allamjonovga e’tiroz bilan chiqdi

Xabaringiz bor, bugun, 14 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov bayonot bilan chiqib, OAV blogerlarni ogohlantirgan edi.

Allamjonov o‘z bayonotida bundan buyon har bir OAV, blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi guruhlar moderatorlari nafaqat o‘zlari yozgan ma’lumotlarda, balki ular ostidagi fuqarolar, feyk akkauntlar yoki trollar tomonidan yozilayotgan davlat axborot xavfsizligiga tahdid soluvchi buzg‘unchi sharhlar, haqoratli so‘zlar, tahqirlashlar, yolg‘on izohlar uchun ham qonunda belgilangan tartib asosida javobgar bo‘lishlarini eslatib o‘tdi. OAV va blogerlardan qonunchilikdan kelib chiqqan holda bunday ma’lumotlarni o‘tkazmaslik yoki sahifa ostida yozilgan izoh bo‘lsa, uni zudlik bilan o‘chirib tashlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishni so‘ragan. 

Ertadan yo‘lkira qanchaga oshishi ma’lum bo‘ldi

Ertaga, 15 avgustdan boshlab Toshkentda avtobus va metroda yo‘lkira narxi 1400 so‘m etib belgilanadi. Foiz hisobida yo‘lkira haqi 16,7 foizga oshadi. Oylik yo‘lkira kartochkalarining narxi o‘zgarmaydi.

Atamboyev hibsxonada qanday sharoitda saqlanayotgani aytildi

Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha markaz rahbari Nurdin Sulaymonov Qirg‘iziston Respublikasining sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni vaqtincha saqlash hibsxonasidagi sharoitlar bilan tanishdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing