Kutilmagan holat: Yevropa iqtisodiyoti urush bo‘lishiga qaramasdan o‘smoqda

Olam

image

Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti 2022 yilning birinchi choragida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi ta’siriga qaramay, oldingi uch oyga qaraganda ancha tez o‘sdi. Bu haqda “Reuters” Yevropa Ittifoqi Statistika byurosiga tayanib, xabar  berdi.

Yeurostat ma’lumotlariga ko‘ra, yevrodan foydalanadigan 19 mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) har chorakda 0,6 foizga o‘sgan. Aslida may oyida byuro tomonidan bu ko‘rsatkich 0,3 foizi bo‘lishi kutilgan edi.

Yakuniy ma’lumotlar shuni ko‘rsatganki, Yevrohudud iqtisodiyotining o‘sishi birinchi chorakda Rossiyaning fevral oyida Ukrainaga bostirib kirishiga qaramay, 2021 yilning oxirgi choragidan ko‘ra tezlashgan. 

Ammo urushning salbiy ta’siri ikkinchi chorakda sezilishi kutilmoqda. Birinchi chorakdagi kutilganidan ko‘ra yaxshiroq o‘sish eksport va zaxiralarning ko‘paygani bilan izohlanadi.

Iqtisodiy o‘sish kichikroq mamlakatlarda kuchli o‘sish kuzatilgan, Irlandiya iqtisodiyoti har chorakda 10,8 foizga o‘sdi. Blokning eng yirik davlatlari orasida YAIM Germaniyada 0,2 foizga va Italiyada 0,1 foizga o‘sdi, Fransiyada esa 0,2 foizga pasaydi.

Yevrostatning ma’lum qilishicha, Yevropada bandlik 0,6 foizga oshgan, iste’mol esa 0,7 foizga kamaygan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

evro iqtisod Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made