“Zulfiyachi” bo‘lolmagan qiz Germaniyada chempion bo‘ldi
Intervyu
−
26 iyul
11854O‘zbekiston yoshlari sport orqali jahon cho‘qqilarini zabt etayotganda ilm-fan sohalarida oqsashlik kuzatilayotganini barchamiz guvohi bo‘lib turgandik. Farobiy, Is’hoqxon Ibrat kabi o‘nlab tilni biladigan poliglotlar, Xorazmiy kabi matematik, Navoiy kabi so‘z gavharini bir tizimga tizlovchi tafakkur sohiblariga ochun hamisha muhtoj bo‘lgan.
Kuni kecha Germaniyaning Gyottingen shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon nemis tili olimpiadasida 10-sinfda o‘qiydigan o‘zbekistonlik qizning 100 dan ortiq o‘quvchilar orasida zafar qozonib, davlat bayrog‘ini boshi uzra dolg‘alantirgani buyuk tarixlarga borib taqaluvchi o‘zbek ildizining hali qurimaganini namoyon etdi.
QALAMPIR.UZ g‘olib Rayyona Ibrohimova bilan bog‘lanib, O‘zbekiston nomidan butun dunyo nemis tili olimpiadasida qatnashib, g‘alaba qozonishni yuki qanday bo‘lgani, nimalarni his qilgani, bu darajagacha qanday yetib kelgani haqida suhbatlashdi.
Videoni QALAMPIR.UZ'ning YouTube sahifasida tomosha qiling.
LiveBarchasi