Zoyir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m berilishini aytdi (video)
Jamiyat
−
27 fevral
8001Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev o‘qituvchilari va o‘quvchilari telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishini ma’lum qildi. Bu haqda hokim ayni paytda Chirchiq shahridagi maktab direktorlari bilan uchrashuvi chog‘ida, ta’lim kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Hokim viloyatda "Telefonsiz maktab" tashabbusi ilgari surilishini qayd etgan.
Shuningdek, oliy ta’lim sohasida yaxshi natija ko‘rsatgan uchta tuman – Nurafshon, Angren va Ohangaron tumanlari xalq ta’limi bo‘limlariga 12 million so‘mdan mukofot puli ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimligi uchun 2 dona, Yuqori Chirchiq tuman hokimligi uchun 1 dona xizmat mashinasi sotib olish uchun byudjetdan 1 milliard 336 million 500 ming so‘m ajratgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi