Zoyir Mirzayev koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
07 May 2021 6211 1 daqiqa
Koronavirusga chalingan Qashqadaryo viloyati hokimi sog‘ligini tiklab, Toshkentdan Qarshi shahriga qaytib keldi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Zoyir Mirzayevning ta’kidlashicha, ahvoli ancha yaxshi va bugun, 9 may tadbirlarida ishtirok etadi.
Shuningdek, u shahar va mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 aprel kuni Zoyir Mirzayevning koronavirusga chalingani ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr