Zoyir Mirzayev Qashqadaryo hokimi lavozimiga rasman tasdiqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 13 yanvar kuni xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida viloyat Kengashi deputatlari, Qashqadaryo viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligining boshqarma va bo‘limlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi raisi  Zaynilobiddin Nizomiddinov qatnashdi. 

Dastlab, viloyat saylov komissiyasi raisining xalq deputatlari viloyat Kengashiga o‘tkazilgan saylov natijalari haqidagi axboroti eshitildi.

Shundan so‘ng xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. 

Deputatlar xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish hamda viloyat Kengashidagi doimiy komissiyalarni tuzish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, Kengashning yettita doimiy komissiyasi tuzildi. 

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Dastlab ushbu masala yuzasidan siyosiy partiyalar guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi raisi  Zaynilobiddin Nizomiddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Zoyir Mirzayev nomzodini xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilganligini bildirdi va uni o‘qib eshittirdi.

So‘ngra mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashidagi partiyalar guruh rahbarlarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Deputatlar Zoyir Mirzayevning nomzodini qo‘llab-quvvatlab, Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev Qashqadaryo

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing