Zoyir Mirzayev davolanish ta’tiliga chiqdi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ertaga, 1 fevraldan boshlab qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, o‘rinbosarga tenglashtirilgan hokim maslahatchilari ham qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqib, viloyat shifoxonalarida salomatligini tiklab olishadi.

Xabarda hokimning qisqa muddatli ta’tili qancha vaqt davom etishi aytilmagan.

Avvalroq, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanish uchun Toshkentga kelgandi. Ularni "Qarshi temir yo‘l" vokzalidan kuzatish marosimida Zoyir Mirzayev ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing