Zoyir Mirzayev ham lavozimiga tasdiqlandi
Jamiyat
−
06 noyabr
6326Bugun, 6 noyabr kuni Zoyir Toirovich Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayevning joriy yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qarori bilan Mirzayev Zoyir Toirovichni Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqladi.
Shuningdek, deputat Sayyora Mavlonovna Fayziyeva Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Samarqand, Xorazm, Navoiy, Jizzax va Buxoro viloyatlari hokimlari ham lavozimlariga tasdiqlangandi.