Zoyir Mirzayev yana bir lavozimdan ketdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazilgani, unda tashkilotga yangi rais tayinlangani haqida xabar bergan edik. 

Xabarda qayd etilganidek, federatsiyasiga tadbirkor Feruz Abdullayev rais etib saylangan. Bu bilan u sobiq Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Toirovich Mirzayevning o‘rnini egallagan. 

Ma’lumki, Zoyir Mirzayev bir vaqtning o‘zida Bosh vazir o‘rinbosari, qolaversa, Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 oktyabr kuni barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi javobgarligini oshirish to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois Zoyir Mirzayev Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgandi.

Oradan 10 kun vaqt o‘tib, Mirzayev Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi etib tayinlangan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev

Baholaganlar

523

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing