Zomindagi o‘rmon yong‘ini o‘chirildi

Olam

image

Xabaringiz bor, bugun, 1 avgust kuni soat 10:40 larda Jizzax viloyati Zomin tumanida tog‘li hududda yong‘in boshlangandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi olovni o‘chirish harakati boshlanganini ma’lum qilgandi.

Vazirlikning ma’lum qiishicha, ayni vaqtda yong‘in butunlay o‘chirilgan. Yong‘in jami 80 gektar maydonga tarqalib, quruq o‘t va daraxtlar yongan.

Yong‘inni o‘chirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Chegara qo‘shinlari, Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, 14 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta yong‘in qutqaruv otryadi, 4 ta vertolyot jalb etildi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 18:20 batamom o‘chirildi. Barcha jarayon FVV mutaxassislari tomonidan muvofiqlashtirilib borildi.

“Tegishli idoralarning kuch vositalarining o‘z vaqtidagi xarakatlari natijasida yong‘in yaqin atrofdagi aholi punktlariga o‘tmadi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq, o‘rmon yong‘ini yuz bergan Zominda yomg‘ir boshlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing