Zominda YTH: ikki kishi o‘lgan, to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan

Jamiyat

image

Bugun, 10 avgust kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida yuk mashinasi va yengil avtomobil to‘qnashuvi natijasida 2 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

YTH soat 16:30 da Zomin tumani hududidan o‘tuvchi A-376-avtomobil yo‘lining 239 kmd yuz bergan. haydovchi 42 yoshli R.A. o‘zining boshqaruvidagi Lada Largus rusumli avtomashinada Hovos tumanidan Dashtobod yo‘nalishiga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘zidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Natijada shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 42 yoshli R.X.ning boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli yuk mashinasining oldi tomoniga borib urilgan.

Avtohalokat oqibatida, Lada Largus rusumli avtomashina yo‘lovchilari 31 yoshli X.B.(ayol) va 55 yoshli B.B.,(ayol) hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Lada Largus avtomashina haydovchisi R.A., yo‘lovchilari 30 yoshli B.B. va uning farzandlari 6 yoshli G.R.(ayol), hamda 4 yoshli R.R. turli tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Zomin

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing