FVV Zomindagi o‘rmon yong‘inini o‘chirishga qo‘shimcha kuchlarni jalb qildi

3-sahifa

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 1 avgust kuni Jizzax viloyati Zomin tumani “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i hududidagi dala maydonida yong‘in boshlandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, ayni vaqtda yong‘in hududining kengayib ketishining oldini olish va uni butunlay o‘chirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligidan yana qo‘shimcha 350 dan ortiq shaxsiy tarkibi Mudofaa vazirligidan 4 ta vertolyot shuningdek, Milliya gvardiya, Ichki ishlar, Davlat ekologiya qo‘mitasi va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari jalb etildi.

Hodisa tafsilotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Jizzax

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing