Zominda bir kishi jarlikka tushib ketdi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatining Zomin tumanida bir fuqaro jarlikka tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumanning “Suffa platosi” hududidan oqib o‘tuvchi “Qashqarsuv” soyi bo‘yida bir nafar fuqaro jarlikka tushib, qaytib chiqa olmayotgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va tegishli tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro jarlikdan sog‘-salomat chiqarib olinib, unga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida ikki fuqaro 10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Zomin jarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing