Avtobus 45 nafar yo‘lovchi bilan jarlikka quladi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
15 dekabr 6941 1 daqiqa
Kecha, 14 dekabr kuni Kolumbiya shimolida ichida bolalar va kattalar bo‘lgan maktab avtobusi jarlikka qulab tushdi. Hodisa oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lgan, 20 nafari jarohat olgan. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Antiokiya tumani gubernatori Andres Xulian Rendonning aytishicha, Antiokiya o‘rta maktabi o‘quvchilari dars vaqtidan tashqari sayohatga chiqqan. Ularni olib ketayotgan avtobus Karib dengizi bo‘yidagi Tolu shahridan Medellin tomonga qaytayotgan bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 45 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus taxminan 80 metr chuqurlikdagi jarlikka qulab tushgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Maktab ma’muriyati sayohat maktabga aloqador bo‘lmaganini, uni bitiruvchi sinf o‘quvchilarining o‘zlari tashkillashtirganini ma’lum qilgan.
Segoviya shahri merining aytishicha, yoshi 16 dan 27 gacha bo‘lgan jabrlanganlar Segoviya va Remedios shaharlaridagi shifoxonalarga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining Madina shahri yaqinida umra ziyoratchilarini olib ketayotgan avtobus dizel tankeri bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 42 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi