20 yoshli talaba qiz yarim marafondan so‘ng vafot etdi
Sport
−
14:23 678 1 daqiqa
Kolumbiya vitse-prezidenti o‘g‘lining sevgilisi yarim marafonda ishtirok etganidan so‘ng vafot etdi. Yugurish musobaqasi ketayotgan bir paytda uning yuragi uch marta to‘xtab qolgan. Bu haqda joriy yilning 10 sentyabr kuni Britaniyaning “Need To Know” portali xabar berdi.
“Xuliana Avilaning oilasiga, vitse-prezidentimizga, uning o‘g‘li Xulianga va ularning barcha yaqinlariga ushbu og‘riqli va kutilmagan yo‘qotish munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiraman”, deydi mamlakat Prezidenti Abelardo de la Esprielya.
Fojia joriy yilning 6 sentyabr kuni 30 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan Medelin marafoni paytida yuz bergan. Musobaqa davomida biotibbiyot muhandisligi fakultetining 20 yoshli talabasi Xuliana Avila Sauda masofada to‘satdan hushini yo‘qotgan.
Qiz zudlik bilan Medelinning markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. U yerda shifokorlar yurak to‘xtashidan so‘ng uni uch marta jonlantririshga muvaffaq bo‘lgan, biroq ertasi kuni u vafot etgan. Mahalliy hokimiyat organlarining bildirishicha, o‘limning aniq sababi hali ma’lum emas. Shu bilan birga, ushbu holat oxirgi sakkiz yil ichida mazkur musobaqalarda qayd etilgan to‘rtinchi o‘lim holati bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan marafonda ikki sportchi vafot etgan edi.
Live
Barchasi