Zomin tog‘larida yana yong‘in chiqdimi? FVV ma’lumot berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tog‘larida yana yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.  

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 avgust kuni soat 10:40 larda Zomin tumanida ro‘y bergan yong‘in soat 18:20 larda bartaraf etilgan bo‘lib, hozirda hududda yong‘indan keyingi tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xabarga ko‘ra, hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari shaxsiy tarkibi va maxsus texnikalari faoliyat yuritmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyati Zomin tumanining tog‘li hududida yong‘in chiqqandi. Ushbu holatda 80 gektar maydon quruq o‘t va daraxtlar yongan. Yong‘inni bartaraf etishda 14 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta yong‘in qutqaruv otryadi, 4 ta vertolyot jalb etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing