Zohidovning uyidan 1,5 mln dollar topilganmi? Bosh prokuratura javob berdi

Jamiyat

image
Yunusobod hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi north_east

Yunusobod hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Avvalroq, Yunusobod tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.Zohidov 5 ming AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur ish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etdi. Unga ko‘ra, Yunusobod tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.Zohidovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ish hujjatlariga ko‘ra, E.Zohidov joriy yilning 10 oktyabr kuni soat 21:00 larda o‘z xizmat xonasida fuqaro R.Mamatqulovdan pora tariqasida 5 ming AQSH dollari miqdorida pul mablag‘larini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Shu bilan birga, E.Zohidovni xizmat xonasi ko‘zdan kechirish jarayonida uning ish stoli tortmasidan 5 ming AQSH dollari hamda o‘zining nomiga Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta “bron” qilinganligi tasdiqlovchi hujjat aniqlanib, bayonnoma asosida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan 11 oktyabr kuni E.Zohidovga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlarini davom ettirish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.

12 oktyabr kuni E.Zohidov JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, ushlangan.
E.Zohidovning uyida 1,5 mln AQSH dollari va Maldiv orollariga aviachipta aniqlanmagan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod korruptsiya pora Bosh prokuratura

Baholaganlar

284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing