O‘zMU va TDTU Toshkentdan ko‘chiriladi(mi)?
Jamiyat
−
15 fevral 2019 11802 1 daqiqa
O‘zbekistoning eng mashhur oliygohlaridan biri sanalgan O‘zbekiston Milliy universiteti shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin.
Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vaziri vakili Tursun Ahmedov 15 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.
“Xalq so‘zi“ muxbirining ma’lum qilishicha, T.Ahmedov, shuningdek, Milliy universitet yonida joylashgan Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti ham shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkinligini bildirgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr