O‘zMU va O‘zDJSTUda yangi yo‘nalish ochiladi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2019 6378 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida regbi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi yo‘nalishlar ochish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu bandni amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rishi belgilandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr