Fransiyada 20 yoshli regbichi mashg‘ulot vaqtida vafot etdi
Sport
−
10:22 448 1 daqiqa
Fransiyaning “Beze” klubi akademiyasida to‘p surgan janubiy afrikalik regbichi Lukobo Makvedini mashg‘ulot vaqtida hushidan ketib, 20 yoshida vafot etdi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 10 iyul kuni ertalab bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot chog‘ida sportchi o‘zini yomon his qilgan va hushidan ketgan. U zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, bir necha soatdan so‘ng vafot etgan.
“Chuqur qayg‘u va og‘ir yurak bilan yosh o‘yinchimiz Lukobo (Bibo) Makvedinining fojiali vafoti haqida ma’lum qilamiz”, deyiladi “Beze” klubi tarqatgan bayonotda.
Makvedini 2025 yilda Janubiy Afrika Respublikasidan Fransiyaga ko‘chib o‘tib, “Beze” akademiyasiga qo‘shilgan edi. 11 karra Fransiya chempioni bo‘lgan klub hozirda mamlakatning ikkinchi divizionida ishtirok etmoqda. Bunga qadar u Janubiy Afrika yoshlar terma jamoasi safida o‘ynagan.
Sportchi asosiy jamoa safida rasmiy debyut qilishga ulgurmadi. Biroq “L’Equipe” ma’lumotiga ko‘ra, murabbiylar shtabi uni joriy mavsumda professional jamoa tarkibiga jalb etishni rejalashtirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziyaning Malakka shahrida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida futbolchi R. Tanesh chaqmoq urishi oqibatida vafot etgandi.
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul