Zlatan Ibragimovich yana bir rekordni o‘z nomiga rasmiylashtirdi
Sport
−
25 mart 2023
7019Shvetsiya terma jamoasi va “Milan” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich Yevropa chempionati saralashi tarixidagi eng keksa futbolchiga aylandi.
Shvetsiyalik hujumchi 41 yoshu 172 kunligida, Belgiyaga (0:3) qarshi Yevro-2024 saralash o‘yinining 73-daqiqasida maydonga tushdi.
Zlatangacha Yevropa chempionati saralashi tarixidagi eng keksa futbolchi 1983 yilda 41 yoshu 3 oyligida Shvetsiya bilan o‘yinda maydonga tushgan Italiya terma jamoasi darvozaboni Dino Zoff bo‘lgan.
Zlatan Shvetsiya terma jamoasi safida 122 ta o‘yin o‘tkazib, 62 ta gol urgan.
Avstriya, Estoniya va Ozarbayjon terma jamoalari ham Shvetsiya va Belgiya bilan bir guruhdan joy olgan. 2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnirda 24 ta jamoa ishtirok etadi. Turnir finali Berlindagi “Olimpiashtadione”da bo‘lib o‘tadi. Turnirning amaldagi g‘olibi Yevro-2020 finalida Angliya terma jamoasini mag‘lub etgan Italiya terma jamoasi hisoblanadi.
LiveBarchasi