Zlatan Ibragimovich Jahon chempionatida ishlaydi

Sport

image

“Fox Sports” telekanali shvetsiyalik mashhur futbolchi Zlatan Ibragimovich bilan 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatini yoritish uchun tahlilchisi sifatida shartnoma imzoladi. Bu haqda “Fox Sports” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Fox Sports” Ibragimovich bilan muzokaralarni o‘tgan yil kuzida boshlagan. 2023 yilda “Milan” va “Los-Anjeles Gelaksi” klublaridagi faoliyatidan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlagan 44 yoshli hujumchi joriy yilning 11 iyun kuni start oladigan Jahon chempionati davomida studiyada debyut qiladi. U turnir davomida muntazam ravishda efirga chiqib, Rebekka Lou va boshqa mutaxassislar bilan birga tahlil va sharhlar beradi.

Maydondagi yorqin faoliyati va o‘ziga xos fikrlari bilan tanilgan Ibragimovich telekanalning yulduzli tarkibiga qo‘shiladi. U yerda Terri Anri va Aleksi Lalas kabi taniqli futbol arboblari ham faoliyat yuritadi.

Ma’lumot uchun, Zlatan Ibragimovich 2002 va 2006 yilgi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Shvetsiyalik hujumchi ushbu musobaqalarda jami 5 ta o‘yinda maydonga tushgan va bitta ham gol urmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Zlatan Ibragimovich Terri Anri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing