Zlatan Ibragimovich mashhur filmda suratga tushdi 

Sport

image

Italiyaning “Milan” klubi futbolchisi Zlatan Ibragimovich “Asteriks va Obeliks”ning sarguzashtlari haqidagi filmning yangi qismini suratga olishda ishtirok etdi. 2023 yilning fevral oyida ekranlarga chiqadigan film “Asteriks va Obeliks: O‘rta qirollik” deb nomlangan. Bu haqda shvetsiyalik futbolchi Twitter'dagi sahifasida xabar bergan.

40 yoshli Ibragimovich filmda legioner Oneofus rolini o‘ynagan. “Asteriks va Obeliks” haqidagi yangi filmda Xitoy imperatorining yolg‘iz qizi haqida hikoya qilinadi. Malika yovuz shahzodadan yashirinib, Galliyadan panoh topadi. U Galliyada Asteriks va Obeliksdan yordam so‘raydi. Filmning suratga olish ishlari 2021 yilning aprel oyida boshlangan.

Qayd etish kerakki, Ibragimovich “Asteriks va Obeliks”ning sarguzashtlari haqidagi filmda rol ijro qilgan birinchi taniqli sportchi emas. Bundan oldin ushbu kinoda Mixael Shumaxer, Ameli Moresmo, Toni Parker va Zinedin Zidan kabi mashhur yulduzlar ham ko‘rinish bergan.

Ma’lumot uchun, may oyi oxirida “Milan”ning 40 yoshli hujumchisi tizzasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan edi. Shu sababli Zlatan Ibragimovich yana kamida 3-4 oyni maydondan tashqarida o‘tkazib yuboradi.


Maqola muallifi

Teglar

Zlatan Ibragimovich

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing