Zlatan Ibragimovich faoliyatini yakunladi

Sport

image

Shvetsiyalik 41 yoshli futbolchi Zlatan Ibragimovich faoliyatini yakunladi. Bu qarorni futbolchining o‘zi Italiya chempionatining oxirgi turida “Verona” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, maydonda e’lon qildi.

Kecha, 4 iyun kuni tunda Italiya A Seriyasining 38-turida “Milan” “Verona” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yin yakunlanganida Ibragimovich muxlislar bilan xayrlashdi.

“Bu xabarni e’lon qilish men uchun oson bo‘lmadi. Jamoadoshlarim yig‘lamoqda, xotinimning ko‘zlarida ham yosh ko‘rdim. Hatto monitorga qaradim, minglab odamlar xafa edi. Mening yuragim katta, buni bilasiz. Biroq men ham bugun yig‘layman”, deydi Ibragimovich.

Ma’lumot uchun, shvetsiyalik joriy mavsum 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. U faoliyati davomida 511 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ibragimovich 2 marta Niderlandiya, 7 marta Italiya, 4 marta Fransiya va 1 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Milan Zlatan Ibragimovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing