Ziyoratgohni so‘rasang, latta bog‘lab keladigan joyni ko‘rsatadi – Prezident
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
10413Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishi davom etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev majlisda tarixiy shaxslar va ziyoratgohlar masalasiga alohida to‘xtaldi.
“O‘zimizning tarixiy shaxslar kitoblarini ko‘proq o‘qishimiz kerak. Nimagadir oxirgi vaqtlar Qashqadaryoda yomon illatlar ko‘paydi. Viloyatda hech qachon bunday holat kuzatilmasdi.
Qashqadaryoga borgan vaqtimda, hozir ismini aytsam uyat bo‘ladi, rahbarlaridan biriga, diniy idora vakillariga savollar berdim. Avvalgi hokimiga Samarqand viloyatidagidek insonlarni islom ilmiga o‘rgatadigan ziyoratgoh bormi, deya savol berdim.
“Ha bitta zo‘r joy bor. Har safar biz ham ziyorat qilib daraxtiga latta boylab keladigan”, deb javob berdi. Lattani boylaganda qanday ilm bor ekan? Bularni qaysi kitobdan o‘qigan ekan? Qanday dalillari bor, borib latta bog‘lab keladi?”, deydi Prezident.
Davlat rahbari shuningdek, din yo‘lida adashgan kimsalarga diniy ulamo Nasafiy tomonidan ming yil avval 15 ta kitob yozib ketilgani haqida ham gapirdi. Bularni o‘qitish, o‘rganish masalasiga to‘xtaldi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Qashqadaryo viloyatini Zoyir Mirzayev boshqarmoqda. Bungacha viloyat hokimi sifatida Zafar Ro‘ziyev faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi