Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onadagi “Mehrli maktab” o‘quvchilarining holidan xabar oldi (foto)

Jamiyat

image

Ziroat Mirziyoyeva Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidagi "Mehrli maktab" gospital turdagi maktab filialining o‘quvchilari va pedagoglari bilan uchrashdi. Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi uzoq muddat davolanayotgan bolalar ta’lim olishga qiziqishini yo‘qotmaganini, o‘qituvchilar ularni mehr va e’tibor bilan qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rgach, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirgan va yoshlarni o‘z qobiliyatlari va iste’dodini rivojlantirishga ruhlantirgan.

Shuningdek, Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Quvasoydagi 90-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat va Farg‘onadagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari holidan xabar olgani ma’lum qilingan. 

"Ziroat Mirziyoyeva bolalarning IT oromgohidagi yutuqlaridan hayratlandi, robototexnika va mexatronika bo‘yicha yangi darsliklar bilan tanishib, o‘quvchilar axborot texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatga erishishlarida IT ta’limining ahamiyatini va bu sohada zarur ko‘nikmalarni egallash muhimligini ta’kidladi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Ziroat Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing