Ziroat Mirziyoyeva Emina Erdo‘g‘anni sumalak sayliga olib bordi
Jamiyat
−
29 mart 2022
24703Avval xabar berganimizdek, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi – birinchi xonim Emina Erdo‘g‘an O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Toshkentda Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar o‘zaro uchrashuvlar va Kengash yig‘ilishidan keyin qo‘shma bayonot taqdim etmoqda.
Bu vaqtda esa birinchi xonimlari Ziroat Mirziyoyeva va Emina Erdo‘g‘an poytaxt Toshkentda joylashgan madaniy maskanlar bilan tanishdilar. Ziroat Mirziyoyeva Turkiya rahbarining rafiqasini muzeylardan biriga taklif qilgan. Shuningdek, birinchi xonimlar sumalak saylida ham ishtirok etgan.
Suratlardan ma’lum bo‘lishicha, birinchi xonimlarga Prezidentning to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva hamrohlik qilmoqda.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi ertaga, 30 mart kuni ham davom etadi. Davlat rahbarlari va ularning rafiqalari ertaga Xorazm viloyatiga tashrif buyuradilar.