Ziplayndan tushib ketgan qizning ahvoli qanday?

Jamiyat

image

Avvalroq, “Qamchiq” dovonida 16 yoshli qiz ziplayndan tushib ketgani xabar berilgandi. QALAMPIR.UZ jabrlanuvchining holatini aniqlash maqsadida qizning onasi va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi bosh shifokori bilan bog‘landi.

Jabrlanuvchining onasiga ko‘ra, qizning ahvoli og‘irligicha qolmoqda, uning tos suyak va qovurg‘a suyaklari singani aniqlangan va hozirda u shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida shifokorlar nazoratida davolanmoqda.

Ikkinchi tomondan olingan ma’lumotga ko‘ra, qizning ahvoli asta-sekin yaxshilanmoqda. U hozirgacha bolalar reanimatsiya bo‘limida saqlanmoqda, chunki olib kelingan paytda shok holatida bo‘lgan. Bolalar reanimatsiya bo‘limida unga barcha zarur sharoitlar yaratilgan, Toshkentdan ham mutaxassislar chaqirilgan.

“Hozir qizning ahvoli yaxshi, yaqinlari bilan suhbatlashib, kulib o‘tirishi ham kuzatilmoqda”, deydi bosh shifokor.

Ma’lumot uchun, qizga “ko‘krak qafasi yopiq shikasti, bel soha yopiq shikasti, o‘ng oyoq yopiq sinishi” tashxisi qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq”da 16 yoshli qiz ziplayndan tushib ketishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

qiz Ziplayn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing