Zinchenko hayotida muhim rol o‘ynagan jamoadoshi kimligini aytdi 

Sport

image

“Arsenal” himoyachisi Aleksandr Zinchenko yaqinda jarohatidan forig‘ bo‘lgan braziliyalik jamoadoshi Gabriyel Jezus haqida fikr bildirdi.

“Men Gabriyel uchun juda xursandman, chunki uni ko‘pincha reabilitatsiyada ko‘rganman va uning jarohatdan qutulishi uchun qanchalik ko‘p mehnat qilganini bilaman. Ehtimol, ba’zi odamlar futbolchilar jarohat olsa, shunchaki dam oladi deb o‘ylaydi, lekin aslida jarohat olgan futbolchilar qolganlarga qaraganda ikki barobar ko‘proq mehnat qilishi kerak”, deydi ukrainalik futbolchi. 

Shuningdek, Zinchenko Jezusning juda mehnatkash futbolchi ekanlikini ta’kidladi.

“U mening hayotimdagi alohida o‘ringa ega inson. Jezus har kuni o‘z ustingizda ishlashingiz, harakatdan to‘xtamasligingiz hamda boshqalar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishingiz kerakligini ko‘rsatib turuvchi namunadir. U har doim mashg‘ulot maydonida eng yaxshilaridan bo‘lgan. “Man Siti”da ham “Arsenal”da ham”, deya qo‘shimcha qildi ukrainalik futbolchi.

Zinchenko va Jezus o‘tgan yozda “Manchester Siti” klubidan “Arsenal”ga o‘tgan edi. Joriy mavsum ukrainalik futbolchi APLda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va golli uzatma muallifiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Aleksandr Zinchenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing