Zilzilaning qaytishi – aftershoklar bo‘ladimi? Mutaxassis javob berdi

Bu qiziq

image

Bugun, 21 mart kuni epimarkazi Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila ortidan qisqa vaqtda yana qayta kuchli zilzilaning bo‘lish ehtimoli juda past. Bu haqda iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Uning qayd etishicha, Afg‘onistonda sodir bo‘lgan kuchli zilzila ikki plitaning o‘zaro birlashgan nuqtasiga yaqin hududda sodir bo‘ldi. 

“O‘zbekistonda seysmik qo‘zg‘alish ko‘p jihatdan Hindiston va Yevroosiyo plitalarining o‘zaro ta’siriga bog‘liq. Mazkur plitalarning seysmik tutashuvi Afg‘onistonda joylashgan bo‘lib, u yerda chuqur fokusli zilzilalar (130 kmdan chuqurlikda) tez-tez uchraydi. O‘zbekistonda mazkur seysmik faollikning aks sadolari yetib keladi. Soat 21:47 da kuzatilgan zilzila ham shular jumlasidan”, deydi mutaxassis.

Uning qo‘shimcha qilishicha, epimarkazida 6,6 magnitudali zilzilaning 220 km chuqurlikda bo‘lishi va ortidan aftershoklar kuzatilmasligi uning anchagina chuqurlikda ro‘y berganini anglatadi. 

“Bunday jarayonda zilzila ortidan qisqa vaqtda yana qayta kuchli zilzilaning bo‘lish ehtimoli juda past (yo‘q hisobi)”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:47 da (Grinvich bo‘yicha 16:47 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila Tojikiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Hindiston va Pokistonda sezilgan.

Zilzila koordinatalari: 

•    36,41 gradus shimoliy kenglik; 

•    70,98 gradus sharqiy uzunlik.  

Magnituda M=6,6. Chuqurlik 220 km.  

Zilzila epimarkazi Toshkentdan 561 km janubiy-sharqda. 

O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi: 

•    Surxandaryo viloyatida 5-6 ball, 342 km. 

•    Farg‘ona viloyatida 5 ball, 447 km. 

•    Sirdaryo viloyatida 5 ball, 493 km. 

•    Jizzax viloyatida 5 ball, 496 km. 

•    Andijon viloyatida 5 ball, 500 km. 

•    Samarqand viloyatida 5 ball, 504 km. 

•    Namangan viloyatida 5 ball, 514 km. 

•    Qashqadaryo viloyatida 5 ball, 532 km. 

•    Toshkent shahrida 5 ball, 561 km. 

•    Navoiy viloyatida 5 ball, 639 km. 

•    Buxoro viloyatida 5 ball, 684 km. 

•    Xorazm viloyatida 4-5 ball, 1060 km. 

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ball, 1184 km.


Maqola muallifi

Teglar

Zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing