Zilzilada qurbon bo‘lgan namanganlikning jasadi O‘zbekistonga yuborildi
Jamiyat
−
11 fevral 2023 15406 1 daqiqa
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiya sodir bo‘lgan zilzilada qurbon bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlikning shaxsini ochiqladi. Ma’lum qilinishicha, navbatdagi qurbon asli namanganlik 40 yoshli N.M.
Bosh konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 11 fevral kuni N.M.ning jasadi O‘zbekistonga yuborilgan.
“Marhumani Alloh rahmatiga olsin. Yaqinlariga sabr tilaymiz. Bu borada Bosh konsulxonaga moddiy va ma’naviy yordam berganlarga tashakkur bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, zilzilada qurbon bo‘lgan 56 yashar andijonlikning jasadi bugun Toshkentga yuborilgandi.
6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 12,8 ming kishidan oshdi.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.
Live
Barchasi