Zilzila oqibatida futbol murabbiyi 15 nafar qarindoshidan ayrildi
Sport
−
07 fevral 2023
8166Zilzila tufayli “Sivasspor” futbol klubining darvozabonlar murabbiyi Oyxon Tenbelo‘g‘lining 15 nafar qarindoshi halok bo‘ldi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.
“Sivasspor”ning rasmiy saytida Tenbelo‘g‘liga hamdardlik bildirildi.
“Kahramonmarashda yuz bergan zilzila oqibatida jamoamiz yordamchi murabbiylaridan biri, Hatayda yashovchi Oyxon Tenbelo‘g‘lining ko‘plab yaqinlari halok bo‘lgani haqida qayg‘uli xabar oldik. Oyxon Tenbelog‘li, uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 fevral kuni vayronalar ostida qolgan “Hatayspor” klubi futbolchisi Kristian Atsuning holati bo‘yicha ma’lumot berilgandi.
LiveBarchasi