Turkiya klubi o‘zbekistonlik futbolchi transferini e’lon qildi (video)

Sport

image

Turkiyaning “Sivasspor” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aziz Turg‘unboyev bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Mavsumiy tanaffusda transfer harakatlarini davom ettirgan “Sivasspor” 29 yoshli chap qanot yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboyev bilan kelishuvga erishdi”, deyiladi klub xabarida.

Turg‘unboyev yangi klubida 90-raqam ostida to‘p tepadi.

Ma’lumot uchun, Aziz Turg‘unboyev 1994 yilning 1 oktyabrda Namanganning Pop tumanida tug‘ilgan. Katta futbolga ilk qadamni mahalliy “Navbahor”da tashlagan. 2021 yilda u “Paxtakor”ga o‘tgan.

Faoliyati davomida 218 ta uchrashuvda qatnashib, 44 ta gol urib, 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U O‘zbekiston terma jamoasi libosida 30 marta maydonga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Sivasspor Aziz Turg'unboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing