Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
Sport
−
08 fevral
10046O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosi Aziz Turg‘unboyev Turkiyaning “Sivasspor” klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda “Ajansspor” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi Sivas shahri klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolaydi. Tez orada kelishuv rasman e’lon qilinadi.
Qayd etish joiz, Aziz Turg‘unboyev O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogida ishtirok etdi va jamoa bilan chorak finalga qadar yetib bordi. U turnirda “oq bo‘rilar”ning 2 ta goliga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, “Sivasspor” Turkiya Superligasi jamoasi hisoblanadi. Ayni vaqtda sivasliklar chempionat turnir jadvalida ortda qolgan 24 turdan so‘ng, 30 ochko jamg‘arib, 10-o‘rinda bormoqda.