Zilzila qurbonlari 36 mingdan oshdi

Olam

image

Bugun, 16 fevral Turkiyadagi halokatli zilzila qurbonlari soni 36 187 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) ma’lum qildi. 

AFAD ma’lumotlariga ko‘ra, epimarkazi Qahramonmarashda bo‘lgan ikki zilziladan so‘ng 4323 ta yer silkinishi qayd etilgan. 

Turkiya viloyatlarida 108 068 kishi jabrlangan, 216 347 kishi evakuatsiya qilingan. 

Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlariga Turkiyadan 29 944 nafar, boshqa davlatlardan 11 488 nafar qutqaruvchi jalb etilgan. 

AFAD mutaxassislari, politsiya, jandarmeriya, Milliy Mudofaa vazirligi, Milliy Tibbiy Qutqaruv Guruhi, tez yordam brigadalari, ko‘ngillilar, mahalliy xavfsizlik kuchlari va qo‘llab-quvvatlash guruhlarini o‘z ichiga olgan holda, ofat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan xodimlar soni 253 016 kishiga yetdi. 

Ma’lum qilinishicha, tabiiy ofat hududiga evakuator, kran, buldozer, avtomashina, suv tashuvchi, tirkama kabi 12 ming 513 dona maxsus texnika yetkazilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral epimarkazi Qahramonmarashda 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) epimarkazi bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga hilpiratildi. 

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing