Zilzila qurbonlari 3,7 mingdan oshdi
Olam
−
07 fevral 2023
6764Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 3703 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy telekanallar orqali chiqish qilgan Turkiya Favqulodda vaziyatlar vaziri Yunus Sezer ma’lum qildi.
“Halok bo‘lganlar 3 ming 703 kishi. 22 ming 286 nafar fuqarolarimiz tan jarohati oldi”, deydi u.
Kecha, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishlari, so‘ngra 300 ga yaqin yerosti silkinishlari mamlakatning o‘nta viloyatida, shuningdek, qo‘shni davlatlar, jumladan Suriyada ham sezilgan. Biroz vaqt o‘tgach, silkinishlarning yangi kuchli zarbasi qayd etildi. Suriya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 812 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan, 1,4 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
LiveBarchasi