Zilzila qurbonlari 1,5 mingdan oshdi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy qismida sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila oqibatida 1500 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda respublika vitse-prezidenti Fuat O‘qtay ma’lum qildi. 

“Zilzilalar oqibatida 1541 kishi halok bo‘ldi, 9733 nafar fuqaromiz tan jarohati oldi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 3471 ta bino vayron bo‘lgan”, deydi u Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida mamlakatda ko‘plab insonlar halok bo‘ldi. Dastlab, magnituda 7,4 deb baholangan, keyin Turkiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu ko‘rsatkichga oydinlik kiritdi: u 7,7 ni tashkil qildi. Keyinroq Turkiyada 7,7 magnitudali yangi zilzila qayd etildi. 

Ko‘plab davlatlar, jumladan O‘zbekiston Anqaraga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Turkiyaga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made