“Zil” bilan to‘qnashgan Nexia majaqlanib ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
29 aprel 2020 8444 1 daqiqa
Kecha, 28 aprel kuni soat 01:30 larda Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida haydovchining umriga zomin bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.
YTH “Joyilma” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-590 yo‘lining 14 kmda yuz sodir bo‘lgan. Haydovchi 1991 yilda tug‘ilgan Z.X. Nexia rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan, haydovchi 1988 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi “Zil-138” rusumli yuk transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.
Natijada, Nexia rusumli transport vositasi haydovchisi Z.X. og‘ir tan jarohati olib YTH joyida vafot etgan.

Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr