Koronavirus O‘zbekistonda: yana 240 bemor, yana 2 o‘lim
Jamiyat
−
05 avgust 2020
10852Bugun, 5 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 240 nafarga ortib, 27 554 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 176 nafari Toshkent shahrida;
• 21 nafari Qashqadaryo viloyatida;
• 19 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 12 nafari Toshkent viloyatida;
• 12 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 38 yoshli S.M. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 77 yoshli X.S. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 461 nafar, Toshkent viloyatida 132 nafar, Andijon viloyatida 21 nafar hamda Namangan viloyatida 17 nafar, jami 631 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib 18 682 (+631) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 8 703 nafar bemorning davolanishi davom etmoqda.
LiveBarchasi