Zidan sabab Fransiya qonunlarga o‘zgartirish kiritmoqchi
Sport
−
16 iyul 9253 2 daqiqa
Zinedin Zidanning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi yangi maosh cheklovlari sabab qonunchilikka o‘zgartirish kiritmoqchi. Bu haqda “L’Équipe” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 iyul kuni Fransiya Senati va Milliy assambleyasining qo‘shma komissiyasi tomonidan qabul qilingan qonunga muvofiq, milliy terma jamoa bosh murabbiyining yillik maoshi 450 ming yevrodan oshmasligi kerak. Bu esa hozirgi bosh murabbiy Dide Desham olgan maoshdan qariyb o‘n barobar kam.
Shu bois Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) Zidanga yetakchi murabbiylar darajasida maosh taklif qilish imkonini berish uchun qonunchilikka tegishli o‘zgartishlar kiritilishini kutmoqda. Buning uchun Fransiyaning sport, yoshlar va jamoat ishlari vaziri Marina Ferrarining roziligi talab etiladi.
Manbaga ko‘ra, federatsiya mazkur masala bo‘yicha jiddiy to‘siqlar bo‘lishini kutmayapti va Zidan 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Dide Deshamning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Marina Ferrari ham Zidanni Fransiya terma jamoasi uchun munosib nomzod deb atadi. Shu bilan birga, u yakuniy qarorni hukumat emas, balki Fransiya futbol federatsiyasi qabul qilishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Dide Desham boshchiligida Fransiya terma jamoasi 186 ta uchrashuv o‘tkazib, 122 g‘alaba, 32 durang va 32 mag‘lubiyat qayd etdi. Uning rahbarligida fransuzlar 2018 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan, 2021 yilda esa Millatlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.
Zinedin Zidanning so‘nggi ish joyi Madridning “Real” klubi bo‘lgan. Dide Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasining so‘nggi uchrashuvi joriy yilning 18 iyul kuni Mayami shahrida Jahon chempionatining uchinchi o‘rni uchun Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi