Zidan GOAT haqidagi bahsga nuqta qo‘ydi
Sport
−
19:09 628 2 daqiqa
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Lionel Messining 2026 yilgi “Oltin to‘p” uchun imkoniyatlariga yuqori baho berdi va bu sovrin Messiga berilsa hayron bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda Zidan “Goal” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Avvalroq, Messi “Oltin to‘p” uchun 30 nafar nomzoddan iborat yakuniy ro‘yxatdan joy olgan edi. Zidan esa argentinalik futbolchiga ovoz berishga tayyorligini ta’kidladi.
“Men Messi uchun 100 marta ovoz bergan bo‘lardim. Odamlar 39 yoshda ham dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatorida qolish qanchalik aql bovar qilmas natija ekanini tushunishmaydi”, deydi Zidan.
U Messi navbatdagi bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritsa, ajablanmasligini ta’kidlagan. Zidanning fikricha, hanuzgacha tarixdagi eng buyuk futbolchi kim ekaniga shubha qilayotganlar ushbu sport turini yetarlicha tushunmaydi.
“Agar kimdir haligacha GOAT (tarixdagi eng buyugi) kimligiga shubha qilayotgan bo‘lsa, ochig‘ini aytganda, bu inson futbol hamjamiyatidan emas”, deb qo‘shimcha qilgan Zidan.
Ma’lumot uchun, Messi 2026 yilgi “Oltin to‘p” uchun 17-marta nomzod bo‘ldi. U mazkur sovrinni rekord darajada sakkiz marta qo‘lga kiritgan. 2026 yilgi “Oltin to‘p” marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Oltin to‘p” sovrini uchun yakuniy 30 ta nomzod e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi