“Oltin to‘p” uchun yakuniy nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi

Sport

image

2026 yilgi “Oltin to‘p” mukofoti uchun yakuniy nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi. “France Football” tomonidan taqdim etilgan asosiy nominatsiyada 30 nafar futbolchi bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Nomzodlar orasida amaldagi sovrin sohibi Usmon Dembele, shuningdek, Lionel Messi, Kilian Mbappe, Lamin Yamal, Erling Holand, Harri Keyn, Jud Bellingem, Vinisius Junior va boshqa yulduzlar bor.

Lionel Messi uchun bu nominatsiya alohida ahamiyatga ega. Argentinalik futbolchi faoliyati davomida sakkiz marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan va 2026 yilgi sovrin uchun ham da’vogarlar safidan joy oldi. Messi mazkur sovrinni rekord darajada ko‘p – sakkiz marta qo‘lga kiritgan.

Shu bilan birga, Messining azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu bu yilgi nomzodlar ro‘yxatidan joy olmadi. Shu tariqa, portugaliyalik futbol yulduzi ketma-ket uchinchi mavsum “Oltin to‘p” nomzodlari ro‘yxatiga kirmadi.

2026 yilgi “Oltin to‘p” marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Bu sovrinning 70-marotaba topshirilishi bo‘ladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing